Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya terma jamoasi va «Arsenal»ning sobiq futbolchisi olamdan o‘tdi

Angliya terma jamoasi va «Arsenal»ning sobiq futbolchisi olamdan o‘tdi

Foto: Plymouth Live / Worldfootball.net

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Pol Mariner 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Uch sher»ning «Twitter»dagi rasmiy akkauntida xabar berildi.

«Biz Pol Marinerning oilasi, do‘stlari va barcha sobiq jamoalariga hamdardligimizni bildiramiz. Qalban siz bilanmiz», — deyiladi Angliya terma jamoasining ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan xabarda.

Pol Mariner Angliya terma jamoasi safida 1977-yildan 1985-yilgacha to‘p surgan. Milliy jamoa uchun 35 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritgan. Angliyaning «Plimut Ergayl», «Arsenal», «Portsmut» va «Ipsvich» (ushbu klub bilan 1978-yili Angliya kubogini, 1981-yili UEFA kubogini qo‘lga kiritgan) jamoalari sharafini himoya qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring