Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning 62,8 foizi qatnashdi

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning 62,8 foizi qatnashdi

Kecha 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglaridagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tdi.

Bunda 3 147 079 nafar fuqarolar Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardan 1 978 048 nafari takroriy ovoz berishda ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Maxmud Istamov tomonidan xabar qilinishicha, takroriy ovoz berishda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 62,8 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring