Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

238 marta saylovlarda qatnashgan erkak bir marta ham g‘alaba qozona olmadi

238 marta saylovlarda qatnashgan erkak bir marta ham g‘alaba qozona olmadi

Hindiston siyosiy nomzod bo‘lgan erkak saylovlarda 238 marta qatnashgan va hech qachon g‘alaba qozonmagan, deb yozadi Oddity Central.

Padmarajan ismli erkak Tamilnadu shtatida yashovchi 65 yoshli ishchi. U 30 yil davomida 238 ta saylovda qatnashgani, ro‘yxatga olish to‘lovlariga minglab dollar sarflagani bilan tanilgan. Hindistonlik hech qachon g‘alaba qozonmagan, ammo g‘alaba unga kerak emasligini aytadi.

«Barcha nomzodlar saylovlarda g‘alaba qozonishga intiladi, lekin men unday emasman», dedi u.

Padmarajan hatto mahalliy hokimiyatda ham yuqori lavozimga ega bo‘lish imkoniyati yo‘qligini tushunadi. Bu odam o‘z misoli bilan har kim o‘z nomzodini qo‘yishi va saylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, deya yozadi OAV.

Odamlarni ilhomlantirish va ularni kundalik hayotlarida qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish uchun Padmarajan endi talabalarga chidamlilik va muvaffaqiyatsizliklarni yengish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qimoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring