Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ovoz berish yakunlandi. Munosib nomzodlar, endi bo‘sh kelmang!

Ovoz berish yakunlandi. Munosib nomzodlar, endi bo‘sh kelmang!

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Mana, uzoq kutilgan saylovdagi ovoz berish jarayonlari ham tugadi.

Endi buyog‘ida barchasi saylov komissiyalari a’zolari, nomzodlar va siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari hamda kuzatuvchilarga bog‘liq.

Hurmatli, munosib nomzodlar!

Xalq o‘z ishini qildi. Kimdir ovoz berdi, kimdir bermadi. Kimdir tushundi, kimdir tushunmadi. Kimdir bitta ovoz berdi, kimdir ko‘p. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, xalq o‘z tanlovini qilib bo‘ldi, o‘z burchini bajardi. Sizlarga ishondi.

Endi Siz bo‘sh kelmang. Buyog‘iga qattiq turing, haqiqat sari dadil kurashing, vakillaringiz belini qattiq bog‘lashsin. «Siyosatga qarshi bormang, rozi bo‘la qoling, keyingi safar omadingiz kelar, o‘zimiz qo‘llaymiz» deya kimlardir Sizga aql o‘rgatmoqchi bo‘lsa, qulog‘ingiz kar, ko‘zingiz ko‘r bo‘lsin. Ular muttahamlar!

Hozir harakat qilmasangiz, keyin afsuslanasiz. OMAD!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring