Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hokimlarning tadbirkorlarga tazyiq o‘tkazishini to‘xtatish ustida ishlayapmiz» — Prezident

«Hokimlarning tadbirkorlarga tazyiq o‘tkazishini to‘xtatish ustida ishlayapmiz» — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida hokimlarning tadbirkorlarga o‘tkazayotgan tazyiqlarini tanqid qildi.

«Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to‘lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yanada katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz.

Ayrim mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar ishiga aralashish, «telefon huquqi»dan foydalanib, ularga tazyiq o‘tkazish holatlari uchrab turgani ham bor gap. Biz bunday muammolarga uzil-kesil nuqta qo‘yish ustida ishlayapmiz. Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, xususiy korxonalar sonini ko‘paytirmasak, shahar va tumanlarning mahalliy budjeti nochor ahvolda qolaveradi.

Barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak: tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – fuqarolar, xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir.

Bu sohadagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni hal etishda mamlakatimiz hayotini yanada erkinlashtirish, ochiqlik va oshkoralik muhitini, jamoatchilik nazoratini kengaytirish muhim rol o‘ynaydi, deb ishonaman», degan prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring