Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahrayn O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Bahrayn O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Ibrohim Yusuf Abdulla Bahrayn Podshohligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Anqara shahrida) etib tayinlangan.

Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi elchini qabul qilgan.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng vazir elchi bilan O‘zbekiston-Bahrayn munosabatlarini ikki tomonlama va BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish haqida ham so‘z borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring