Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda yog‘-moy tanqisligi bo‘lmaydi — mutaxassis

Yurtimizda yog‘-moy tanqisligi bo‘lmaydi — mutaxassis

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «Chimboy moy invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul xodimi Azamat Fayzullayev yog‘-moy ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot berdi.

– Ayni paytda korxonamizda ish jarayoni odatdagidek davom etmoqda. Bu yerda kuniga 100-150 tonna chigit qayta ishlanadi va 25 tonna sifatli paxta yog‘i tayyorlanadi. Shuningdek, chorva mollari uchun shulxa va shirot ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli e’lon qilingan karantin davrida xalqimiz ehtiyoji uchun zarur paxta yog‘ini ishlab chiqarishda davom etmoqdamiz. Buning uchun 150 ishchi-xodimimizga barcha sharoit yaratilgan. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga qaratilgan amaliy ishlar ham tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu qoidaga kun davomida amal qilish nazoratga olingan.

Hozir Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlaridagi dehqon bozorlariga mahsulotlarimizni arzonlashtirilgan narxda yetkazib beryapmiz. Ushbu sa’y-harakatlarimiz tufayli karantin payti bozorlarda yog‘-moy mahsulotlari tanqisligi, narxlarning sun’iy oshishi bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring