Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 9 mingdan oshdi

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 9 mingdan oshdi

Foto: «Repost.uz»

2020-yil 2-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9078 (+82) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 17 nafar Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6034 (+187) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3017 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring