Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in xavfsizligi instituti kursantlari qasamyod qabul qildi (foto)

Yong‘in xavfsizligi instituti kursantlari qasamyod qabul qildi (foto)

Foto: Yong‘in xavfsizligi instituti

Bugun, 1 sentyabrda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida birinchi bosqich kursantlarining «Harbiy qasamyod» qabul qilish tantanali marosimi o‘tkazildi.

Hozirda institutda 700 nafarga yaqin kursant tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning 150 nafardan ortiqrog‘i birinchi bosqich kursantlari hisoblanadi. Ular Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga qabul qilinishi munosabati bilan Vatanga muhabbat va elu yurtiga sadoqat, mamlakatimiz Prezidentiga sodiqlik haqida azmu qaror qilishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Institutning birinchi bosqichiga qabul qilingan kursantlarni «Harbiy qasamyod» qabul qilganliklari munosabati bilan tabriklab, ularga o‘zining samimiy va ezgu niyatlarini izhor etdi. Shundan so‘ng Institutning yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan, a’lo baholarda o‘qiyotgan va jamoat ishlarida o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli kursantlariga «Vazir stipendiantlari»ga faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring