Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yilning «eng yaxshi adliya bo‘limi» va «eng yaxshi adliya xodimi» aniqlandi

Yilning «eng yaxshi adliya bo‘limi» va «eng yaxshi  adliya xodimi» aniqlandi

Foto: Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil yakunlariga ko‘ra «Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi» va «Yilning eng yaxshi adliya xodimi» nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Tanlov xizmat vazifalari va majburiyatlarini namunali bajarayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari va adliya xodimlarining faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovning birinchi bosqichida hududiy adliya bo‘limlari darajasida eng yaxshilar aniqlangan bo‘lsa, ikkinchi bosqich respublika miqyosida mutlaq g‘oliblarni saralab berdi.

G‘oliblarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi 2019- yil 17-yanvar kuni Buxoro shahrida tantanali tarzda o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

«Yilning eng yaxshi adliya xodimi» nominatsiyasi bo‘yicha quyidagi uchlik g‘olib, deya e’tirof etildi.

1-o‘rin — Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Azizov 

2-o‘rin — Xorazm viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Rahmon Sattorov

3-o‘rin — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sayqalbek Allayorov.

«Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi» deb esa quyidagilar e’tirof etildi:

1-o‘rin — Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani adliya bo‘limi

2-o‘rin — Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi

3-o‘rin — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani adliya bo‘limi.

G‘oliblar adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan maxsus diplom va quyidagi pul mukofotlari bilan  rag‘batlantirildi:

1-o‘rin uchun — 15 000 000 so‘m;

2-o‘rin uchun — 10 000 000 so‘m;

3-o‘rin uchun — 7 500 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring