Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

5-dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov Yaponiyaning mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Takashi Xatorini qabul qildi.

Uchrashuv Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Vazir Elchini lavozimga kirishishi bilan tabriklab,  kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro anglashuvga erishish, keng ko‘lamli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur mexanizmlarni yaratish imkonini bergani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, «Markaziy Osiyo + Yaponiya»  muloqoti yig‘ilishi o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring