Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada 8K formatdagi teleuzatish boshlandi

Yaponiyada 8K formatdagi teleuzatish boshlandi

Foto: «Mediasat»

«REGNUM» AA xabar berishicha, Yaponiyaning «NHK» telekanali 2018-yil 1-dekabridan boshlab 8K formatda yo‘ldoshli teletranslyasiyalarni boshladi.

8K format bu — 7680×4320 (33,2 megapiksel) o‘lchamdagi tasvir. Taqqoslash uchun, HDTV tasviri 0,9 megapikselga teng. Farq, sezgan bo‘lsangiz, juda katta.

Stenli Kubrikning «2001-yil: Kosmik odisseya»si yapon televideniyesida efirga uzatilgan «sakkizinchi format»dagi ilk film bo‘ldi. «Warner Bros» kinokompaniyasi «NHK» buyurtmasi asosida filmning 70 millimetrlik negativini kerakli o‘lchamga moslab skanerlab berdi.

Noyabr oyida NASA fazoviy agentligi xalqaro kosmik stansiyada 8K formatdagi videoni olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring