Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi

Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi

Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent metropolitenida, o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshlagan.

Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, endi Chilonzor yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqtda (soat 07:30 dan 9:00 gacha) poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechki tig‘iz vaqtda (16:30 dan 19:30 gacha) 4 daqiqani tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring