Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi haftada qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

Yangi haftada qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo sharoitini markazi Qozog‘istonning janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori siklon belgilaydi.

Kutilayotgan kecha-kunduzda respublika bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kecha-kunduz davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, seshanba kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10° iliqni, kunduz kunlari 17-22° iliqni tashkil etadi.

Chorshanba kuni (14-aprel) respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14° iliq, kunduz kuni 22-27° iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring