Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana hujjat topshirish haqida. Bu yil abituriyentlar soni qancha?

Yana hujjat topshirish haqida. Bu yil abituriyentlar soni qancha?

Foto: «Nuz.uz»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar bilan bog‘liq statistik ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 2019 yil 12 iyul holatiga respublika miqyosida jami 800 442 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan:

– kunduzgi ta’limga - 591 872 nafar;
– kechki ta’limga – 8943 nafar;
– sirtqi ta’limga – 199 627 nafar.

Quyidagi OTMlarda eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan:

1. Samarqand davlat universiteti - 54 942 nafar
2. Andijon davlat universiteti - 35 232 nafar
3. Qarshi davlat universiteti - 34 124 nafar
4. Urganch davlat universiteti - 30 746 nafar
5. Termiz davlat universiteti - 29 494 nafar

Eng kam abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar asosan filiallar hissasiga to‘g‘ri keladi:

1. TKTI Shahrisabz filiali – 181 nafar;
2. NavDKI Nukus filiali – 206 nafar;
3. Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi – 243 nafar;
4. O‘zDJTSU Nukus filiali – 251 nafar;
5. SamVMI Nukus filiali – 294 nafar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMlarga hujjat topshirishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Yuzaga kelayotgan uzundan-uzoq navbatlarda turgan yoshlar orasida hatto hushdan ketish holatlari uchragan. Navoiy viloyatida esa abituriyentlar hujjat topshirish uchun panjarani qulatib ichkariga yopirilgani ham xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring