Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir sportchimizda doping aniqlandi

Yana bir sportchimizda doping aniqlandi

Foto: «OXO.UZ»

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangabayevning qonidan olingan doping tahlili ijobiy natija berganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hamyurtimiz antidoping qoidalarini buzganligi uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.

26 yoshli Rustam Jangabayev musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ishtirok etadi. U 2018-yilgi jahon chempionati sovrindori, 2017-yil Ashxabodda o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ​​nomdor og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov doping sabab musobaqalardan chetlatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring