Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 3 ta hududda o‘qituvchi-shifokorlar jaziramada ishlatildi

Yana 3 ta hududda o‘qituvchi-shifokorlar jaziramada ishlatildi

Buxoro davlat universiteti

O‘zbekistonning yana 3 ta hududida o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari tozalash-qurilish ishlariga majburan jalb qilingan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Xususan, Buxoro davlat universiteti va Marg‘ilon shahrida o‘qituvchilar tozalash-qurilish ishlariga majburlangan. Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumanida tibbiyot xodimlari magistral yo‘lda tozalash ishlariga majburiy olib chiqilgan.

Mehnat vazirligi yuqoridagi holatlarni nazoratga olganini ma’lum qildi. Ushbu holatlar yuzasidan vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Bungacha ham Namanganning Kosonsoy va Chust tumanlarida maktab o‘qituvchilarini majburlab ishlatganlar vazirlik tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring