Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yalang‘och holda guldasta ko‘tarib yurgan erkak bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yalang‘och holda guldasta ko‘tarib yurgan erkak bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida bir fuqaro kiyimsiz jamiyat yurish-turish qoidalarini buzib yurgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 avgust kuni Yunusobod tumani, 11-mavze hududida, 1992 yilda tug‘ilgan T.A., qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida fuqaro T.A.ning ruhiyatida buzilish aniqlanganligi sababli, fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring