Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda robot-nozir paydo bo‘ldi (video)

Toshkentda robot-nozir paydo bo‘ldi (video)

Poytaxtda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot paydo bo‘ldi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu robotning asosiy maqsad va vazifasi aholi yashash hududlarida IIV profilaktika inspektori uchun yordamchi bo‘lib ishlaydi.

Robot bir vaqtning o‘zida mahalla hududi shahar tumanlari va qishloq hududlarida jinoyatchiliknioldini olish targ‘ibot ishlarini olib borish, hududdagi  huquqbuzarliklarni qayd etib, video tasvirga olingan ma’lumot profilaktika inspektorining planshetiga yuboriladi. Robot GPS orqali harakatlanadi, 180 va 360 darajali yuqori tasvirga olish va qayd etish kameralari bilan jihozlangan. Mayoqcha huquqbuzarliklardan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.

U har qanday ob-havoda stabil holatda harakatlana oladi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara oladi. Hozirda sinovdan o‘tish jarayonida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring