Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi «A’lo ta’til» loyihasini ishga tushirdi

XTV va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi «A’lo ta’til» loyihasini ishga tushirdi

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

2019 yilning 3-10-yanvar kunlari 120 nafar 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar «A’lo ta’til» loyihasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Loyihada O‘zbekiston bo‘yicha 10-16 yoshdagi «Bilimlar bellashuvi» g‘oliblari, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan sardorlar kengashi a’zolari va sardor bo‘lmagan o‘quvchilar hamda «Mening ijod mahsulim» bolalar media festivali g‘oliblari ishtirok etishlari mumkin.

Respublika «Bilimlar bellashuvi» olimpiadasi va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi orqali loyihada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan sardorlar va o‘quvchilar loyiha nizomi asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari tomonidan tanlanadi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan «O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro oromgohi»da ilk bor 3-10 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yetti kun davomida ishtirokchilar turli tanlovlarda, tadbirlarda va sport musobaqalarida ishtirok etadilar. Shu bilan birga, ular taniqli odamlar bilan uchrashish va muloqot etish, Termiz shahrining o‘quv yurtlari va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradilar.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring