Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi

Andijonda xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Andijon shahrida xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 Markazning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.

Markazda ayollarning biznes yuritish ko‘nikmalari shakllantiriladi, maslahatlar beriladi va amaliy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek markaz uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar bo‘yicha qayta tayyorlashga ham ko‘maklashadi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi. Maxsus dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit beriladi.

Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 milliard so‘m ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Tadbirda Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish olib borayotgan Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha mutaxassislarga faoliyatida foydalanish uchun planshetlar topshirildi.

Tadbir ochilishida Andijon shahridagi hunarmandlar mahsulotlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring