Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi yangi kommissiyaga rahbarlik qiladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi yangi kommissiyaga rahbarlik qiladi

Foto: «press-club.uz»

2018–2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi.

Komissiyaga Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.

Komissiya Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari normalarini ijro etish bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qaror bilan shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotiga 1992-yildan a’zo bo‘lib, bugungi kungacha ushbu Tashkilotning 14 ta konvensiyasini ratifitsikatsiya qilgan:

  • Majburiy Mehnat to‘g‘risida Konvensiya (S29) – 13.07.1992-y;
  • Qirq soatlik ish haftasi haqida Konvensiya (S47) – 13.07.1992-y;
  • Bayram kunlariga haq to‘lash haqida Konvensiya (S52) – 13.07.1992-y;
  • Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xukukini himoya kilish tugrisida Konvensiya (S87) - 17.06.1948-y;
  • Birlashish erkinligi haqida Konvensiya (S98) - 13.07.1992-y;
  • Bajarilgan Mehnat uchun bir xil maosh to‘lovi haqida Konvensiya (S100) - 13.07.1992-y;
  • Onalikni himoya qilish haqida Konvensiya (S103) - 13.07.1992-y;
  • Majburiy Mehnatni yo‘qotish to‘g‘risida Konvensiya (S105)15.12.1997-y;
  • Diskriminatsiya haqida Konvensiya (S111) - 13.07.1992-y;
  • Bandlik siyosati haqida Konvensiya (S122) - 13.07.1992-y;
  • Mehnatkashlarning vakillari haqida Konvensiya (S135) - 15.12.1997-y;
  • Kollektiv shartnomalar haqida Konvensiya (S154)- 15.12.1997-y;
  • Ishga olishda minimal yosh haqida Konvensiya (S138) – 03.2008-y;
  • Bolalar mehnatini eng yomon formalarini ta’qiqlash va zudlik bilan choralar ko‘rish haqida Konvensiya (S182) – 03.2008-y.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring