Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi ostida 6 nafar ayol ozod qilindi

Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi ostida 6 nafar ayol ozod qilindi

Foto:«Gazeta.uz»

O‘zbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida imzolagan memorandumga ko‘ra, qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirgan 6 nafar mahkuma ayollar Xotin-qizlar qo‘mitasi bergan kafillik asosida sud zalidan ozodlikka chiqarildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu haqda Oliy sudda bo‘lib o‘tgan sud majlisida ma’lum qilingan. 

Ozod etilgan ayollar oilasi bag‘riga qaytgach, jamiyat uchun foyda keltiradigan ishlar bilan shug‘ullanishga, farzandlari kamoli uchun jon kuydirishga so‘z berishdi. Bu borada ularga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘limlari va mahalla mutaxassislari birgalikda ko‘mak beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring