Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB katta inspektori qamoqqa olindi

MIB katta inspektori qamoqqa olindi

DXX tomonidan MIB xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln. 108 ming 629 AQSh dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan o‘zining ulushi sifatida 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring