Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda eski manzara: gaz taqchil, navbatlar turnaqator...

Xorazmda eski manzara: gaz taqchil, navbatlar turnaqator...

Foto: «Xabar.uz»

Xorazmdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelmoqda. Shaxsiy mashinasiga gaz to‘ldirish uchun odamlar soatlab vaqt yo‘qotmoqda. Bu hol, ayniqsa, viloyat markazi Urganchdan tashqari Xonqa, Xiva, Bog‘ot va Hazoraspda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

— Men Pitnak shahrida yashayman. Mashinamga gaz quydirish maqsadida Pitnakni ham, Hazoraspni ham kezib chiqdim. Aksariyat «zapravka»lar yopib qo‘yilgan. Mana, hozir Bog‘otga kelib 3 soatdan buyon navbat kutib o‘tiribman, — deydi fuqaro G‘oyibjon Ahmadjonov.

Bog‘ot tumanidagi mavjud AGQShlarning faqat ikkitasi ishlyotgan ekan. «Bog‘ot» markaziy dehqon bozorining shundoq ro‘parasidagi shoxobcha esa, ikki kundirki, yopiq.

Foto: «Xabar.uz»

Mas’ulllar bu holatni ikki kundan buyon viloyatda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar bilan izohlashmoqda. Boshqa manbalarning izohi boshqacha: har yili kuz fasliga kelib viloyatda ana shunday muammo paydo bo‘ladi. Chunki «...bu vaqtga kelib aholining shaxsiy avtomobillariga ajratilgan limit salmog‘i nihoyasiga yetadi».

Yana bir manbamiz esa umman boshqacha gap aytdi: qish mavsumiga o‘tilishi munosabati bilan aholi xonadonlarini issiqlik manbai va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash maqsadida Toshkentdan kelgan ko‘rsatmaga muvofiq, AGQShga ajratilgan gaz miqdori kamaytiriladi.

Xullas, kim qanday izohlamasin, ayni holatning ozorini aholi tortmoqda.

Odil Ne’mat

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring