Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 3 ta paxta tozalash korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazmda 3 ta paxta tozalash korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazmda 3 ta paxta tozalash korxonasida urug‘lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasiga asoslanib, Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Korxonalar dorilangan sara urug‘lik chigitlarni saqlash qoidalariga rioya qilmagan. «Oqibatda jami 539,8 mln so‘mlik chigit zararkunandalar bilan zararlanib, ekishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan va bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan»deyiladi prokuratura ma’lumotida.

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring