Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada 1-xalqaro «Bahodirlar o‘yinlari» o‘tkaziladi

Xivada 1-xalqaro «Bahodirlar o‘yinlari» o‘tkaziladi

Foto: «YouTube»

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimiyati, O‘zbekiston Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi va Butunjahon «World Strongmen» federatsiyasi hamkorlikda joriy yilning 7-9-iyun kunlari Xiva shahrida 1- xalqaro «Bahodirlar o‘yinlari» turnirini tashkil qiladi.

Mazkur xalqaro musobaqa xalqimizning buyuk o‘g‘loni, o‘z davrining yengilmas bahodiri, shoir, faylasuf, sufiy sifatida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston hududlarida tanilgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlanadi. O‘zbekistondagi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun AQSh, Braziliya, Gretsiya, Latviya, Rossiya, Ozarbayjon, Togo, Ukraina Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan xalqaro toifadagi sportchilar taklif etilgan.

Birinchi bor o‘tkazilayotgan «Bahodirlar o‘yinlari» sport turizmi yo‘nalishida xalqaro aloqalarning rivojlantirish, jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning ijobiy imidjini yanada yaxshilash va turizm salohiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi, deyiladi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring