Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklarni bittalab sanab chiqishga qaror qilishdi

Xitoyliklarni bittalab sanab chiqishga qaror qilishdi

Foto: «Nikolian.livejournal.com»

Xitoyda yettinchi marta o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish boshlandi. U 10-dekabr kuni yakuniga yetadi. Bu ishga jami 7 mln xodim jalb etilgan bo‘lib, ularning har biri taxminan 250 tadan odamni ro‘yxatga olishi kerak. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.

Aholini ro‘yxatga olishda Xitoy, Makao, Tayvan va Gonkong aholisi, shuningdek, u yerda doimiy ravishda istiqomat qilayotgan chet elliklar ishtirok etishadi. Hatto, xorijda yashayotgan XXR fuqarolari ham ro‘yxatga olinadi.

Xitoyda aholi ilk bor 1953-yilda ro‘yxatga olingan. O‘shanda mamlakatda 600 mln kishi yashardi. 2019-yilga ma’lumotlarga ko‘ra, Gonkong, Makao va Tayvanni hisobga olmaganda Xitoy aholisi 1,4 mlrd kishini tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring