Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy koronavirusga qarshi 11 ta vaksinani klinik sinovdan o‘tkazmoqda

Xitoy koronavirusga qarshi 11 ta vaksinani klinik sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: «COVID-19 HUB»

TASS xabariga ko‘ra, Xitoy koronavirusga qarshi 11 ta vaksinani klinik sinovdan o‘tkazyapti. Bu haqda XXR fan va texnika vaziri Van Chjigan Pekinda fan, salomatlik va turmush masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan global forumda ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, vaksinalarning to‘rttasi 3-bosqich sinovlarigacha yetib kelgan.

«Kuz va qishda koronavirus pandemiyasi yanada kuchayishi mumkin, kasallik profilaktikasi va nazorati bo‘yicha holat esa hamon dolzarbligicha qolmoqda», — ta’kidladi Van Chjigan.

Vazir koronavirusga qarshi kurashishda Xitoy xalqaro hamkorlikni doim birinchi o‘ringa qo‘ygani, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilib kelganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda avgust oyida koronavirusga qarshi ilk vaksina patentlangan edi: Xitoy xalq-ozodlik armiyasi harbiy-tibbiyot fanlari akademiyasi va «Can Sino Biologics» kompaniyasi hamkorlikda Ad5-nCoV adenovirus vektori asosida rekombinant vaksina ishlab chiqqandi.

Bundan tashqari, mamlakatda hasharotlardan olingan koronavirusga qarshi vaksinani ham odamlarda sinashga ruxsat berilgandi.

Xitoyning «Sinopharm» farmatsevtika kompaniyasi esa o‘z vaksinasini 2020-yilning dekabr oyidan yetkazib berishni boshlashini ma’lum qilgan va bu vaksinalarga 150 dollar narx belgilagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring