Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy eng uzoq davom etuvchi fazoviy safarga start berdi (video)

Xitoy eng uzoq davom etuvchi fazoviy safarga start berdi (video)

Foto: «Sinxua»

Xitoyning boshqariluvchi fazoviy kemasi — «Shenchjou-13» muvaffaqiyatli parvoz qildi. Bu haqda «Sinxua» bugun, 16-oktyabr kuni xabar berdi.

Uch kishilik ekipaj «Tyangun» stansiyasidagi «Tyanxe» asosiy moduliga yo‘l oldi. Bu xitoylik fazogirlarning eng davomli missiyasi bo‘ladi — ular olti oyni fazoda o‘tkazishadi.

«Shenchjou-13»  kemasi start berilganidan olti yarim soat o‘tib yuqorida nomi keltirilgan stansiya modeli bilan tutashgan.

Kemani fazoga «Chanchjen-2F» («Buyuk yurish-2F») raketa-tashuvchisi olib chiqdi. Raketa mamlakat shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida joylashgan Szyusyuan kosmodromidan uchirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring