Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin nega ilk xorijiy tashrifi Xitoyga bo‘lganini aytdi

Putin nega ilk xorijiy tashrifi Xitoyga bo‘lganini aytdi

Foto: RBK

Rossiya prezidenti Vladimir Putin inauguratsiyadan so‘ng ilk xorijiy tashrifi nega Xitoyga bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.

«Bu mantiqiy qaror», — dedi u Pekinda o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, Xitoy yetakchisi Si Szinpin qayta saylanganidan so‘ng xorijiy tashriflarini Moskvadan boshlagandi. Putin bunda «muayyan ramziylik»ni ko‘rgan. Bu «Rossiya-Xitoy munosabatlarining yuqori darajasi va o‘zgacha xususiyat»ga egaligini tasdiqlaydi, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Putin Xitoyga ikki kunlik tashrifi davomida Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tarixiy fakt: Vladimir Putin Rossiya prezidentligiga birinchi marta saylangan 2000-yilda ilk xorijiy tashrifi O‘zbekistonga bo‘lgan — 18–19-may kunlari Toshkentga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring