Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy elchisi litseyda dars o‘tdi

Xitoy elchisi litseyda dars o‘tdi

Foto: «Edu.uz»

Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurdi. Bu borada Edu.uz'ning telegramdagi rasmiy kanalida xabar berilgan.

Elchi xonim litsey o‘quvchilari uchun “Xitoy madaniyati” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Unda Xitoy madaniyati, o‘ziga xos jihatlari, urf-odatlari, xitoy va o‘zbek xalqlari madaniyatining o‘xshash jihatlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.

Tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining hozirgi holati, istiqbolli kelajagi hamda o‘quvchilarning chet tillarini o‘zlashtirish darajalari, dunyo yangiliklardan xabardorliklari yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, elchi xonim litsey o‘quvchilarining mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring