Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Xayrullo Bozorov Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sessiya davomida Xayrulla Bozorov nomzodini ko‘rsatib o‘tdi va u haqda shunday fikr bildirdi:

— Har qanday lavozim vaqtincha, Xudo tomonidan berilgan sinov. Agar rahbar fidoyi bo‘lsa, munosib bo‘lsa, ishi yurishadi. Munosib bo‘lmasa, odamlar tushunmasa, ishi ortga ketadi. Xalqimiz endi emin-erkin yashashni o‘rganyapti. Yaxshi uyda yashashni, gaz-svet o‘chmasligi, farzandlari yaxshi maktabda o‘qishini istaydi. Hududning rivojlanishi hokimga bog‘liq.

Biz rivojlanish yo‘liga o‘tdik, endi ortga qaytmaymiz.

To‘rt oy oldin Farg‘ona viloyati hokimligini Xayrulla Bozorovga ishonib topshirgan edik. Shuncha vaqt davomida u bilan birga ishladingiz, sinovdan o‘tkazdingiz.

Men Farg‘ona viloyati hokimligiga Xayrulla Bozorov nomzodini taklif qilaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining nutqidan so‘ng deputatlar chiqish qildi. Sessiya davomida Xayrulla Bozorov nomzodi Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Xabar.uz axborot-tahliliy portali sessiya faoliyatini kuzatishda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring