Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro tashkilot COVID-19ning uchinchi to‘lqinidan ogohlantirmoqda

Xalqaro tashkilot COVID-19ning uchinchi to‘lqinidan ogohlantirmoqda

Foto: «Tass.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maxsus vakili Devid Nabarro 2021-yilning boshida Yevropada COVID-19ning uchinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar berdi.

Nabarroning fikriga ko‘ra, zarur infratuzilma yaratilmasa, voqealarning bunday rivoji muqarrar.

«Yoz oylarida ular birinchi to‘lqinni o‘z nazoratlariga olganlaridan so‘ng kerakli infratuzilmani yaratishni qo‘ldan chiqarishdi. Shu bois ikkinchi to‘lqinga duchor bo‘ldik. Agar ular zarur infratuzilmani yaratishmasa, keyingi yilning boshida uchinchi  to‘lqin boshlanadi», — dedi JSST maxsus vakili.

Nabarro Yevropani Osiyo mamlakatlaridan o‘rnak olishga chaqirdi: virusga tez va qat’iy chora ko‘rish kerak.

«Virus dastlabki paytlarda juda sekin tarqaladi. Agar qat’iyatsizlik qilinsa, muammo juda tez kattalashib ketadi»,— deya ogohlantirdi janob Nabarro.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, oxirgi bir oy davomida aniqlangan koronavirus holati pandemiyaning dastlabki olti oyi bilan solishtirganda ko‘proq qayd etilgan. Umumiy kasallanganlar soni 58 million kishidan oshib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring