«Buxoro» xalqaro aeroportida shartli terrorchilar qo‘lga olindi
Bugun «Buxoro» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiylari, Milliy gvardiya, viloyat DXX va IIB boshqarmalari hamda boshqa tuzilmalar hamkorligida maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «N»-sonli harbiy tuzilma xodimi ma’lum qildi.
Harbiy o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda huquq-tartibot organlari xodim va harbiylarining xavf-xatarlar, jumladan, terrorchilar va qurolli guruhlarga qarshi tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, nafaqat shaxsiy tarkibning belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishi, balki aholi hushyorligini oshirish tajribasi ko‘zlangan.
- «Buxoro» xalqaro aeroportida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulot jarayonida yo‘nalishli samolyot qo‘nganda shartli terrorchilar tomonidan bir necha yo‘lovchi asirga olindi. Harbiylar vaziyat beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat xavfsizligini saqlash choralarini mashq qildilar, - dedi DXX xodimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter