Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq bankining «Omad qushi» ikki insonning boshiga qo‘ndi (foto)

Xalq bankining «Omad qushi» ikki insonning boshiga qo‘ndi (foto)

Foto: Xabar.uz

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Omad qushi» lahzali, pul-buyum yutuqli lotereyasining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi.

Bugun, 24-yanvar kuni AT Xalq bankining Toshkent shahar filialida «Omad qushi» lahzali, pul-buyum yutuqli lotereyasi (2-chiqarilishi)ning 2 nafar g‘olibiga yutuqlar – «Spark» avtomobilllari tantanali ravishda topshirildi. 

G‘oliblarning ikkalasi ham Andijon viloyatidan. Yo‘ldoshev Mansurbek va Valiyev Otabeklarning quvonchi ichiga sig‘maydi.

Lotereya biletlarining umumiy miqdori 50 000 000 dona bo‘lib, unda 75 000 000 000 so‘mlik  yutuqlar, jumladan: 100 ta «Spark» avtomobili, shuningdek, 3 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha bo‘lgan 14 007 065 ta pul yutuqlari o‘ynaladi.

O‘yin biletlarini Xalq bankining barcha filiallari va jamoatchi tarqatuvchilardan xarid qilishingiz mumkin. Ha aytgancha, chap tomondagi o‘yin maydonida 3 ta bir xil raqam yoki o‘ng tomondagi o‘yin maydonida 3 ta bir xil harf chiqsa, «Yutuq» yozuvi himoya qatlami ostidagi yutuq cizniki.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring