Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki eng yuqori foizli omonat turini taklif etdi

Xalq banki eng yuqori foizli omonat turini taklif etdi

Jamg‘armangizni sandiqda yoki bankning kam foizli omonatlarida saqlash vaqti o‘tdi. Chunki Xalq banki tomonidan qulay va daromadli bo‘lgan besh turdagi yangi omonat turlari xalqimiz farovonligi uchun amaliyotga joriy etildi.

Misol uchun «Exclusive-2» nomli yangi omonat turiga 18 oyga yillik 23 foiz taklif etilmoqda. Bu ayni paytda yurtimizdagi tijorat banklari tomonidan omonatchilarga taklif etilayotgan eng daromadli taklif bo‘lib,  ushbu omonatga pul mablag‘lari naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda  joylashtirish hamda omonat qoldig‘iga qo‘shimcha badal qo‘shish imkonini beradi. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar oyma-oy to‘lab beriladi.

13 oyga yillik 22 foiz

Agarda «Exclusive-2» omonat turidagi 18 oylik muddat Sizning rejalaringizga  mos kelmasa, unda omonatning «Exclusive» turiga 13 oyga yillik 22 foiz taklif etiladi. Asosiysi, omonatlaringizni o‘zingizga mos takliflarda erkin tasarruf etishingiz mumkin.

«Bolalar xazinasi» – farzandlar kelajagi uchun g‘amxurlik

Yangidan joriy etilgan omonatlardan yana biri «Bolalar xazinasi» bo‘lib, endi siz farzandingizni 7 yoshligidanoq uning kelajagi uchun pul jamg‘arib borish imkoniga egasiz.

Ya’ni ushbu omonatga milliy valyutadagi mablag‘ingiz hech bir qo‘shimcha shartlarsiz farzandingiz 18 yoshga to‘lgunga qadar yillik 18 foizdan ko‘payib boradi. Omonatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) olgandan so‘ng xazinasini o‘zi istagan usulda olib ketishi mumkin.

Caption

«Optimal»mi yoki «Yuksalish»? O‘zingiz tanlang!

Ko‘pchilik oylik maoshi va qo‘shimcha daromadlaridan yig‘ib, turar joy xarid qilishni, uy qurishni, avtomobil sotib olishni yoki to‘y qilishni reja qiladi. Ular uchun bir yoki ikki yil uzoq muddat.

Buni hisobga olgan holda Xalq banki qisqa muddatli «Optimal» hamda  «Yuksalish» nomli yangi omonat turlarini taklif etmoqda. Ya’ni «Optimal»ga atigi olti oyga pul quyib, yillik 16 foiz, «Yuksalish»ga esa to‘qqiz oyga yillik 17 foiz qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz.

O‘zingizga ma’qul omonatga sarmoya joylash uchun esa doimiy yashash hududingizdagi bank filialiga borishingiz mumkin.

Unutmang, Xalq bankidagi omonatlaringiz Davlat tomonidan kafolatlanadi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring