Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Virus zanjiri»: liftga chiqqan ayol 71 kishiga koronavirus yuqtirdi

«Virus zanjiri»: liftga chiqqan ayol 71 kishiga koronavirus yuqtirdi

Foto: ONT

Xitoyda liftga chiqqan ayol qanday qilib 71 kishiga koronavirusni yuqtirgani haqida «Daily Star» yozmoqda. Kasalligi simptomlarsiz o‘tayotgani uchun u o‘zida virus borligini bilmagan.

Xabarga ko‘ra, ikkita kasalxona to‘satdan koronavirus o‘chog‘iga aylangan. Kasalxonaga virus insultga chalingan bemor orqali kelganini aniqlashdi. Palatada yotgan bu bemor 20 kishini, jumladan, uch nafar o‘g‘lini infeksiya bilan zararlashga ulgurgan.

O‘z navbatida, kasallik yana 28 kishiga o‘tgan: ular orasida besh nafar hamshira va vrach ham bor.

Virus zanjiri sinchiklab o‘rganilganida kalavaning uchi ko‘p qavatli uyda yashovchi bir ayolga borib taqaldi. Undan koronavirusga test olinganida organizmida virusga qarshi antizarralar borligini aniqlashdi.

Shu ayol foydalangan lift orqali koronavirus 71 kishiga o‘tib ketgan. Masalan, undan bir qavat quyida yashovchi qo‘shni qiz liftning tugmasini ushlagani uchun koronavirusni yuqtirib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring