Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik jurnalistlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilmoqda

Vazirlik jurnalistlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilmoqda

Foto: «ucalp»

Adliya vazirligi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzularda o‘quv kurslari tashkil qilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

«Jurnalistika: huquqiy amaliyot va ko‘nikmalar» deb nomlangan ushbu o‘quv kurslari to‘rtta kontingent (matbuot, televideniye, radio va elektron ommaviy axborot vositalari)ni o‘zi ichiga olib, dastlabki o‘quv kurslari joriy yilning fevral oyida tashkil etiladi.

O‘quv kurslarini samarali tashkil etish bo‘yicha rivojlangan davlatlar amaliyotiga tayangan holda o‘quv dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga asosan mashg‘ulotlar ikki kun davom etib, ular quyidagi modullar asosida olib boriladi:

  • ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy kafolatlari;
  • jurnalistning huquqlari va majburiyatlari;
  • axborot olish va tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda inson sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish va javobgarlik masalalari;
  • qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish. Qonunchilikni sharhlash;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, uni ommaviy axborot vositalari yoritish;
  • murojaatlar bilan ishlash. Davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari;
  • huquqiy materiallarni tayyorlashda jurnalistning yuridik leksikadan foydalanishiga doir qoidalar;
  • OAV xodimlarining Lex.uz qonun hujjatlari elektron bazasi bilan ishlashi;
  • jurnalist etikasi va axloqiy chegaralar;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishda OAVning ishtiroki.

Jurnalistlar uchun ushbu kurslar doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Mashg‘ulotlar malakali va tajribali huquqshunoslar hamda jurnalistlar tomonidan interaktiv va faol suhbatlar tarzida innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda tahsil olish bepul bo‘lib, xohlovchilar quyidagi manzilga murojaat etishlari mumkin: [email protected].

Kurs bitiruvchilariga tegishli sertifikatlar taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring