Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat inspeksiyasining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat inspeksiyasining vazifalari belgilandi

Foto:«Norma.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi «Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi» DUK tashkil etildi.

Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

-qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati ustidan nazoratni amalga oshirish;

-eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;

- huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.

Inspeksiyani Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshqaradi va Inspeksiya bevosita Hukumatga hisobdordir.

Inspeksiya boshlig‘i mehnatiga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Oldinroq Prezident farmoni bilan Agrosanoat inspeksiyasi Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring