Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzonline» o‘z abonentlariga 27 tun cheksiz internet taqdim etadi

«Uzonline» o‘z abonentlariga 27 tun cheksiz internet taqdim etadi

Foto: «uztelecom.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi. «Uzonline» provayderining faol abonentlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi.

«Night Unlim-27» deb nomlanuvchi ushbu xizmat doirasida faol abonentlar uchun 27 tun davomida 2 Mb/s tezlikda cheksiz internet va Tas-IX taqdim etiladi. Mazkur xizmat 2018-yil 27-avgustdan 22 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda, soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.

Mazkur aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun bo‘lib, «Night Unlim-27» xizmatining barcha qo‘shimcha shartlari «Night Unlim» xizmati shartlariga muvofiq amal qiladi.

Eslatma: «Night Unlim-27» xizmatining to‘g‘ri narxlanishi va internet tezligini tegishlicha o‘zgartirish uchun joriy sessiyani soat 00:00 ga yaqin to‘xtatish, ya’ni internetni uzib turish lozim. Soat 00:00 dan so‘ng internetga qaytadan ulanib, foydalanishda davom etilsa, shunda xizmat to‘g‘ri ishlaydi va narxlanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring