Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» rahbari Prezidentning tanqidiga munosabat bildirdi

«UzAuto Motors» rahbari Prezidentning tanqidiga munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

«UzAuto Motors» aksionerlik jamiyati bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tanqidiga munosabat bildirgani borasida Xabar.uz muxbiri ma’lumot berib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 26-iyunda avtomobil sanoatini tanqid qilgan edi.

«Prezidentimizning tanqidlari to‘g‘ri. Haqiqatan ham zavodimiz 2016-yilda iqtisodiy jihatdan zararda bo‘lgan.

Tanqiddan so‘ng bir qator ishlarni amalga oshirdik. Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarimiz tannarhini tushirishga muvaffaq bo‘ldik. Optimallashtirish natijasida har bir avtomobilning tannarhi 1500 dollargacha tushirildi.

Tizimda poraxo‘rlik yo‘qoldi. Natijada o‘tgan yili 1 trillion 375 million so‘m foyda olishga muvaffaq bo‘ldik.

Ishchilarimizning maoshi 1,5 barobar oshirildi. Hozirda 2,5-4 million so‘m maosh to‘lanmoqda. Bundan tashqari mukofot pullari bor.

Kelajakda ishlab chiqarishdagi samaradorlikdan kelib chiqib bonus tizimini joriy etmoqchimiz. Ya’ni, har kvartalda bajarilgan ish va olingan foydadan kelib chiqib, foiz ko‘rinishida ishchilar maoshiga qo‘shib beriladi», — deydi Rustam Rajabov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring