Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyiga ketayotgan ayoldan telefon olib qochgan talonchi ushlandi

Uyiga ketayotgan ayoldan telefon olib qochgan talonchi ushlandi

11 may kuni 30 yoshli A.A., (ayol) Samarqand viloyati Paxtachi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020 yil 9 may kuni soat 20:30 da bir o‘zi Navro‘z ko‘chasi bo‘ylab uyiga piyoda ketayotgan vaqtida, noma’lum shaxs orqa tomonidan kelib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, yengil tan jarohati yetkazib, qo‘lida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik «Samsung J-2» rusumli uyali aloqa vositasini tortib olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Sh.B., sodir etganligi aniqlanib, undan A.A, ga tegishli bo‘lgan «Samsung J-2» rusumli qo‘l telefoni tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.B., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring