Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgut mayizi «Milliy bank» ko‘magida eksport qilinmoqda

Urgut mayizi «Milliy bank» ko‘magida eksport qilinmoqda

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Urgut tog‘larida yetishgan mevalar nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham ancha mashhur. Yon qo‘shnilarimiz Tojikiston va Qozog‘istonda anchadan buyon bilishadi. To‘rt yildirki Urgut meva-chevalari olis Xitoy, Ukraina, Rossiya va Belarusga ham yetib bormoqda.

«Urgut Agro Vet Servis» korxonasi to‘rt yil muqaddam katta maqsadlar bilan ish boshladi. Bu ish uchun korxonaning 1,2 milliard so‘m puli bor edi. Qo‘shimchasiga «Milliy bank» 2,5 milliard so‘m mablag‘ ajratdi. Shu tariqa O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ko‘magida korxona faoliyati boshlanib ketdi va 20 kishi ish bilan ta’minlandi.

Ayni vaqtda «Urgut Agro Vet Servis»da har oy 500 tonna mahsulot qayta ishlanadi va qadoqlanib, xorijga eksport qilinadi. Biznes g‘oya esa u qadar murakkab emas, korxona xodimlari bozorga chiqadi va dehqonlarning mahsulotini bozor narxida xarid qiladi. So‘ngra ushbu mahsulot korxonaga olib kelinib, zamonaviy uskunalarda saralanadi, yuviladi, quritiladi va qadoqlanadi. Shu tariqa kuz, qish va bahor quritilgan meva-cheva eksporti bilan o‘tadi.

Yozda ham «Urgut Agro Vet Servis» faoliyati to‘xtab qolmaydi. Yurtimizdagi ayni pishiqchilik mavsumida sarhil mevalar eksporti boshlanadi. Korxona bu borada ham o‘ziga hos tajribaga ega.

O‘tgan yili «Urgut Agro Vet Servis» 3,5 million dollarlik mahsulotni eksportga yo‘naltirgan edi. Joriy yilning 9 oyi davomida ushbu ko‘rsatkich 3 million dollardan oshib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring