Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi (foto)

Urganchda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi (foto)

Foto: «President.uz»

Urganch tumanining G‘oybu qishlog‘ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o‘z ona tilida ta’lim olishi, urf-odatlari va an’analarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi bunyod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu ma’naviyat maskanining ochilish marosimi bo‘ldi.

Foto: «President.uz»

Davlat rahbarlari dastlab bu yerda o‘rnatilgan Maxtumquli Firog‘iy byustini ochdi, uning poyiga gullar qo‘ydi.

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbek-turkman do‘stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan. O‘zbek va turkman xalqlarining ko‘p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o‘tkazish uchun katta zal, turli fan va san’at to‘garaklari uchun xonalar barpo etilgan.

Foto: «President.uz»

O‘zbek-turkman do‘stlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring