Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov O‘FA rahbariyati tarkibida qoldi

Umid Ahmadjonov O‘FA rahbariyati tarkibida qoldi

Foto: O‘FA

Bugun, 25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Kun tartibidagi masalalardan biri O‘FFning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish bo‘lib, konferensiya delegatlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘zgartirilishiga bir ovozdan rozilik bildirishdi.

Shu paytga qadar O‘FF prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligiga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘FAning yangi prezidenti etib saylandi.

Umid Ahmadjonov esa O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligi bilan birgalikda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring