Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ulli hovli» — ikki xalqning qadim maskani (foto)

«Ulli hovli» — ikki xalqning qadim maskani (foto)

Foto: «President.uz»

Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir. O‘n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mehmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari «Ulli hovli»ni tomosha qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yerda o‘zbek va turkman mumtoz qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi.

Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring