Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucellda katta musobaqa bo‘lib o‘tdi (video)

Ucellda katta musobaqa bo‘lib o‘tdi (video)

Aprel oyidan boshlab COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha viloyat filiallari xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqalarini o‘tkazmoqda.

Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro shaxmat akademiyasi hududida kompaniya ishchilari o‘rtasida birinchi shaxmat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saralash o‘yinlari bir yarim oy ichida butun mamlakat bo‘ylab tashkil etilib, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Qo‘qon va Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Oq-qora maydondagi janglarda kompaniyaning barcha ofislaridan 66 nafar xodim qatnashdi. 11 nafar ishtirokchi finalga chiqdi.

Kompaniyada birinchi marta shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ Bosh direktori (Ucell savdo belgisi):

— Biz Ucell kompaniyasida an’anaviy ravishda nafaqat biznesda yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga, balki xodimlarning ichki shart-sharoitlardan qoniqish darajasi haqida ham qayg‘uramiz.

O‘tgan yilning kuzida kompaniya xodimlari orasida katta ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra, ko‘plab xodimlar kompaniyada sog‘lom turmush tarzini faollashtirish tarafdori bo‘lishdi, ayniqsa, shaxmat bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish zarurligi alohida qayd etildi.

Aytish joiz, har yili Ucell kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘ngilochar va turistik sayohatlar, stol tennisi musobaqalari, voleybol, basketbol va futbol musobaqalarini tashkillashtiradi. Shaxsan o‘zim basketbol muxlisiman va bajonidil o‘yinlarda qatnashaman.

Endi shaxmatga ham navbat keldi. Bu xotira, mantiq va diqqat-e’tiborni rivojlantiradigan ajoyib sport turi hisoblanadi. Bizda shaxmatga katta hurmat va e’tiborga bilan qarashadi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ham yaqqol misol bo‘la oladi.

Saralash bosqichi o‘yinlari allaqachon musobaqaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi va o‘ylaymanki, kompaniyada bu yaxshi an’anaga aylanadi, intellektual sport turi sifatida shaxmatning yanada ommalashishiga hissa qo‘shadi.

O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi musobaqalarni tashkil qilishda: musobaqa reglamentini ishlab chiqish g‘oyasidan tortib, final bosqichlarini FIDE hakamlari bilan o‘tkazishgacha bo‘lgan jarayonlarda ko‘maklashdi.

Musobaqa finali shveysarcha tizim bo‘yicha 5 turda o‘tkazildi. O‘rinlar to‘plangan ballarning ko‘pligi bo‘yicha aniqlandi.

Eng yaxshi natijani IT-xaridlar bo‘limining yetakchi mutaxassisi Alisher Boboyev ko‘rsatdi, ikkinchi o‘rinni tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi Davron Sulaymonov, uchinchi o‘rinni Nukus shahri texnik xizmat ko‘rsatish guruhi muhandisi Imomaddin Allamuratov va Buxoro shahri biznes segmentiga xizmat ko‘rsatish bo‘limining operatori Behzod Xoliqovlar egallashdi.

Turnir sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlandi: g‘olibga 5 million so‘m, kumush medal sohibiga 3 million so‘m hamda bronza medal sohiblariga 1 million so‘mdan pul mukofotlari berildi. Final bosqichining qolgan yetti ishtirokchisiga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Alisher Boboyev, shaxmat musobaqasi g‘olibi:

— Yagona maqsad yo‘lida birlashgan jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Bahslardagi o‘zaro raqobat muhitiga qaramay, butun musobaqa davomida yagona jamoa, hamkasblar bo‘lib qolishda davom etdik. Tashkilotchilarga katta rahmat deyman. Turnir bizni bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatdi, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda. Bizning xodimlarimiz kuchli qat’iyat va mustahkam iroda ko‘rsatishdi. Birinchilikni qo‘lga kiritish juda hayajonli, bu men uchun ulkan sharaf.

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan Ucell joriy etib kelayotgan zamonaviy texnologiyalari orqali hayotning eng yaxshi qulayliklari har yerda va hamma uchun foydali bo‘lishiga intiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring