Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell-Markazning yangi xizmat ko‘rsatish standartlari bilan tanishing! (video)

Ucell-Markazning yangi xizmat ko‘rsatish standartlari bilan tanishing! (video)

9 million abonent ishonchini qozongan Ucell kompaniyasi bosh ofisida yangilangan savdo va xizmat ko‘rsatish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazda barcha mijozlarga alohida qulayliklar yaratilgan. Jumladan, barcha turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish hududi, telefonlar, quloqchinlar, yandex stansiyalari, rlaystation va turli aqlli qurilmalarning sifati va xususiyatlarini baholash uchun ochiq maydon, umuman olganda, VIP, Premium va eksklyuziv mijozlar hamda bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Aytish joizki, Ucell kompaniyasi mamlakat telekommunikatsiya sohasidagi texnologik yetakchilik strategiyasiga amal qilib, so‘nggi ikki yil ichida tarmoqni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va kadrlar tayyorlashga 268,5 million dollar sarmoya kiritdi.

O‘tgan yili Ucellning 60 ta yangi savdo ofislari ochilgan edi. Bugungi kunga kelib, respublikamiz bo‘ylab, barcha shaharlarda 140 ta zamonaviy texnologik savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan Ucell kompaniyasi abonentlar soni bo‘yicha ham yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti.

Kompaniya abonentlarga xizmat ko‘rsatish tajribasini doimiy ravishda takomillashtirmoqda. Yangilangan Ucell-Markaz esa so‘zimizning yaqqol isbotidir.

Yangilangan va yanada yaxshilangan xizmat ko‘rsatish tajribamizni baham ko‘rish maqsadida sizni markazimizga taklif qilamiz!

Haftaning yetti kunida soat 9:00 dan 20:00 ga qadar mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring