Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U 15 yil tayyorlanib, «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?» shousida g‘olib bo‘ldi

U 15 yil tayyorlanib, «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?» shousida g‘olib bo‘ldi

adabasini.com

Germaniyalik advokat Yan Shtro 15 yil davomida «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?» teleshousida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rib, asosiy mukofot – million yevroni qo‘lga kiritdi. Bu haqda RTL nemis telekanali xabar bergan.

G‘olibning aytishicha, u shu paytgacha uzatilgan 1407 ta sondan iborat shouning birortasini ham o‘tkazib yubormagan. Shtro har safar tomoshadan so‘ng savol-javoblarni sinchiklab tekshirgan, iloji boricha ko‘proq ma’lumotni eslab qolishga uringan. Do‘stlarini uyiga taklif qilib, turli viktorinalar uyushtirgan.

Natijada Shtroni shouning yubiley soniga taklif etishdi. O‘sha kuni unga omad kulib boqqaniga hech kim shubha bilan qaramadi. Chunki ishtirokchilarga faqat so‘nggi 20 yil davomida e’lon qilingan savollar berildi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring